“Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari Malayziyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etishadi

Narzulla Saydullayev
18 noya 2016, 22:20
“Lokomotiv” jamoasining 12 va 14 yoshgacha bo'lgan tarbiyalanuvchilari Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida o'tkaziladigan xalqaro “1-ST AFZA GRASS ROOT LEAGUE” musobaqasida ishtirok etadi.

“Lokomotiv U-12” hamda “Lokomotiv U-14” bugun Kuala Lumpurga yetib bordi. Jamoamiz u yerda Singapur, Malayziya hamda Yaponiyadan kelgan tengqurlariga qarshi bahs yuritishadi. Uchrashuvlar ertadan start olishi ko'zda tutilgan.

Takidlash joizki, ushbu musobaqada yuqorida sanab o'tilgan mamlakatlarning yetakchi jamoalari futbol maktablari 12 va 14 yoshgacha tarbiyalanuvchilari ishtirok etishadi va turnir 22 noyabrga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz