"Lokomotiv" Shuhrat Muhammadievga taklif bilan chiqmagan

Narzulla Saydullayev
21 dek 2016, 14:00
"Lokomotiv" "Nasaf" futbolchisi Shuhrat Muhammadievga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Biroq, ma'lum bo'lishicha, "temiryo'lchilar" bu borada "Nasaf"ga xech qanday taklif bilan chiqmaganlar. Bu haqida "ajdarlar" sport direktori Vitaliy Ni aytib o'tdi:

"Lokomotiv" klubidan hech kim biz bilan Muhammadiev borasida rasman taklif bilan chiqqani yo'q. Balki gap-so'zlar bo'lsa bordir. Ammo bundan bizning xabarimiz yo'q. Biz imkon qadar o'zimizning mahalliy futbolchilarni jamoada saqlab qolishga harakat qilamiz", - deydi u saytimizga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia