“Lokomotiv” safida 2 nafar ivuarlik legioner ko'rikdan o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
27 dek 2016, 16:58
Bilasiz, mamlakatimizning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi 21 dekabrdan yangi mavsum oldidan ilk yig'inini boshladi.

Ayni paytda “Temiryo'lchilar” mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda.

Takidlash joizki, yig'inda ko'rikda bo'lib turgan 2 nafar kot d’ivuarlik legionerlar mavjud. Bular – 23 yoshli markaziy himoyachi Muhammad Gnontcha Kone hamda 19 yoshli hujumchi Gnohere Krizodir. Har ikki futbolchi ham bugungi mashg'ulotda ishtirok etdi. Ertaga jamoa murabbiylar shtabi ushbu futbolchilarning harakatlariga “Olmaliq”qa qarshi o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvida baho berib olish imkoniga ega bo'lishadi. Agar Kone hamda Krizoning harakatlari murabbiylarga maqul kelsa, ular jamoamizning navbatdagi yig'inlariga ham taklif etiladi.

Qayd etish joizki, Muhammad Kone ilgari Gretsiya, Moldova, Kipr chempionatlarida o'ynashga ulgurgan. Gnohere Krizo esa Belarus va Moldova chempionatlarida harakat qilgan.


Gnohere Krizo




Muhammad Kone


"Lokomotiv" safida ikki nafar afrikalik legioner ko'rikdan o'tmoqda

28 dekabr kuni "Olmaliq" - "Lokomotiv" bilan o'ynaydi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz