

Kecha klub qarorgohida yig'ilgan futbolchilar kechki payt “Lokomotiv” stadionida mashg'ulot o'tkazishdi. Mashg'ulot avvalida Andrey Miklyaev hamda Mirko Yyelichich futbolchilarga bugun qanday mashqlar bajarilishi xususida qisqa ma'lumot berishdi. So'ng engil yugurib olingach, futbolchilar Yyelichich boshchiligida chigalyozdi mashqlari o'tkazishdi. Darvozabonlar esa Pyotr Gizimchuk rahbarligida o'z mashqlarini boshlashdi. So'ngra taktik mashqlarga o'tildi.
Mashg'ulot jarayoni ancha ko'tarinki ruhda o'tdi. Quyida undan olingan “qaynoq” fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.






