"Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasida qaysi mamlakat jamoalari bilan o'ynagan?

Xayrulla Xoliqov
28 may 2020, 16:10
"Lokomotiv"ning OCHLdagi dastlabki ishtiroki 2013 yilga to'g'ri keladi.

"Temiryo'lchilar" Osiyo chempionlar ligasidagi ilk uchrashuvni 2013 yil BAAning "Al Nasr" klubiga qarshi o'tkazgandi. Statistikaga ko'ra, "Loko" shu paytgacha OCHLda Osiyoning 6ta davlat klublariga qarshi bahs olib borgan. Bular - BAA, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar, Eron va Tojikiston.

"Lokomotiv" shu paytgacha BAA va Eronning to'rtta, Saudiya Arabistoni bilan Qatarning uchta hamda Quvayt va Tojikistonning bittadan klubiga qarshi maydonga tushgan. OCHLda eng ko'p o'yin "Al Vahda", "Al Hilol" va "Al Ittihod" klublariga qarshi o'tkazilgan: 4 martadan.

Quyida "Lokomotiv"ning OCHLdagi raqiblari hamda qachon o'ynaganini keltirib o'tamiz:


BAA

1. "Al Nasr" (2013, 2016)

2. "Al Ayn" (2016)

3. "Al Ahli" (2017)

4. "Al Vahda" (2018, 2019)


QUVAYT

1. "Quvayt SK" (2014)


SAUDIYA ARABISTONI

1. "Al Hilol" (2015, 2016)

2. "Al Ittihod" (2016, 2019)

3. "Al Taavon" (2017)


QATAR

1. "Al Sadd" (2015)

2. "Al Duhayl" (2018)

3. "Al Rayan" (2019)


ERON

1. "Fulad" (2015)

2. "Sepaxon" (2016)

3. "Istiqlol" (2017)

4. "Zobahan" (2018)


TOJIKISTON

1. "Istiqlol" (2020)

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz