"Lokomotiv" mashg'ulotlarni davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
9 fev 2018, 18:16
Toshkentning "Lokomotiv" klubi Osiyo Chempionlar Ligasi 1-turi doirasidagi BAAning "Al Vahda" klubiga qarshi o'tadigan bellashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bugun "temiryo'lchilar" jamoasi "Lokomotiv" stadionida mashg'ulot o'tkazdi. Unda jamoamizning barcha a'zolari ishtirok etishdi. Futbolchilarimiz oldindagi mas'uliyatli bellashuvga jiddiy hozirlik olib borishmoqda. Mashg'ulotlarda barcha astoydil shug'ullanmoqda.

Takidlash joiz, "Lokomotiv" - "Al Vahda" bahsi 12 fevralda bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti - 16:00.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz