"Lokomotiv": Mamazulunov ham Avstriyaga boradi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2015, 16:00
Futbolga oid saytlarda “Navbahor” hujumchisi Mo'ydin Mamazulunovning “Lokomotiv”ga o'tgani haqida xabarlar chiqdi.

Ammo hozircha shuni ma'lum qilamizki, Mamazulunov “Lokomotiv” safiga kelib qo'shilgani yo'q, qolaversa u “temiryo'lchilar” bilan mashg'ulot ham o'tkazmayapti.

Negaki, to 16 iyulga qadar futbolchilar yozgi tatilga chiqishgan. Asosiy tarkib jamoamiz shu kuni yig'iladi va Toshkent xalqaro aeroportidan Avstriyaga yo'l oladi. Avstriya yig'iniga ketuvchilar orasida Mo'ydin Mamazulunov ham bor, faqat u jamoa ko'rigida bo'ladi. Agar uning harakatlari jamoamiz murabbiylariga maqul kelsa, futbolchi klub bilan shartnomaga imzo chekadi.

Yana shuni ma'lum qilamizki, ikkinchi davra oldidan “Lokomotiv” tezkor hujumchilardan biri Ivan Nagaevni ham ro'yxatdan o'tkazadi. Bundan tashqari, mavsumning birinchi yarmini ijara asosida “Qo'qon-1912″da o'tkazgan hujumchi Doniyor Usmonov bilan yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziev ham mavsumning qolgan qismini “Loko”da o'tkazishadi.

Bundan tashqari, mavsumning birinchi yarmini ijara asosida "Qo'qon-1912"da o'tkazgan hujumchi Doniyor Usmonov bilan yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziev ham mavsumning qolgan qismiga tayyorgarlikni "Loko"da olib borishadi. Bu ikki futbolchi ham "temiryo'lchilar" ko'rigida bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz