"Lokomotiv" kamerunlik forvard bilan shartnoma imzoladi

Alisher
10 fev 2022, 17:04
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Lokomotiv" o'z safiga hujumchini qo'shib oldi.

O'tgan mavsum Yangier jamoasi tarkibida harakat qilgan kamerunlik forvard Jerom Etame Mpako Lokomotiv futbolchisiga aylandi.

Ma'lumot uchun, Jerom 1996 yilning 11 aprel kuni Kamerunning Yaunde shahrida tug'ilgan.

"Jerom Etame Mpakoga Lokomotivga xush kelibsan deb qolamiz va uning jamoamizdagi faoliyatiga omad tilaymiz", - deyiladi "temiryo'lchilar" xabarida.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати