"Lokomotiv": Ikrom Aliboev bir oyga safdan chiqdi

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2015
Joriy mavsum kashfiyotlaridan biri Ikrom Aliboev belidan jarohat olgani bois yaqin bir oyni maydon tashqarisida o'tkazadi.
"Lokomotiv" yarim himoyachisi ertaga bo'lib o'tadigan "Navbahor"ga qarshi bahsni, shuningdek, O'zbekiston kubogining chorak finalidan o'rin olgan "Metallurg" bilan bo'ladigan o'yinlarni (4 va 7 iyul) o'tkazib yuboradi.

"Lokomotiv" shifokori Abror Pirrievning aytishicha, yarim himoyachining davolanib yana safga qaytishi uchun bir oy vaqt kerak bo'ladi. Katta ehtimol bilan Aliboev "temiryo'lchilar"ning Avstriya yig'iniga ham bora olmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia