"Lokomotiv" futzal klubi oxirgi 9ta o'yinning 5tasida g'alaba qozondi

Xayrulla Xoliqov
20 noya 2019, 17:17
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan "Lokomotiv" 9,10,11-turda 9ta o'yin o'tkazdi.

Ahad Yusupov shogirdlari shundan beshtasida zafar quchib, to'rt marta mag'lub bo'lishdi. "Lokomotiv" futzal klubi 9-turda "Dinamo"ni 6:1, 10-turda "Nasaf"ni 5:4, 11-turda "So'g'diyona"ni 8:6 va "Bunyodkor"ni 6:3 hisoblarida mag'lub etdi. Shuningdek, "Neftchi" bilan kechgan bahsda jamoa foydasiga texnik g'alaba yozildi. 

"Temiryo'lchilar"ning oxirgi 3 turda qayd etgan natijalari quyidagicha ko'rinish oldi: 

9-tur. Olmaliq

1 noyabr. "Lokomotiv" - AGMK 2:7

2 noyabr. "Buxoro" - "Lokomotiv" 7:5

3 noyabr. "Lokomotiv" - "Dinamo" 6:1


10-tur. Qarshi

9 noyabr. "Neftchi" - "Lokomotiv" -/+

10 noyabr. "Lokomotiv" - "Nasaf" 5:4

11 noyabr. "Maksam-Chirchiq" - "Lokomotiv" 4:3


11-tur. Jizzax

18 noyabr. "Navbahor" - "Lokomotiv" 5:3

19 noyabr. "Lokomotiv" - "So'g'diyona" 8:6

20 noyabr. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 6:3

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz