
Bugun PFL rasmiy saytida Tartib-intizom qo'mitasining qarori chiqdi va unga ko'ra, Ahmadaliev ikkita o'yinni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Hozircha ikkita o'yinning bittasi o'tib bo'ldi, yani Sardor "Paxtakor" o'rinbosarlari bilan kechgan uchrashuvda ishtirok etmadi. Bugun bo'lib o'tadigan "Nasaf" bilan bahsda ham u maydonga tusha olmaydi. "Lokomotiv" o'rinbosarlari 8-turda "Andijon"ni qabul qilishadi. Mana shu o'yinga kelib Sardor Ahmadaliev to'p tepish imkoniyatiga ega bo'ladi.