“Lokomotiv” futbolchilari “Hamdo'stlik Kubogi” o'yinlariga tashrif buyurishdi

Narzulla Saydullayev
8 noya 2017, 14:30
Poytaxtimizda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasida “Hamdo'stlik Kubogi” musobaqasi o'tkazilmoqda.

Kecha ushbu turnirning guruh bosqich uchrashuvlari yakuniga etdi. “Oq-tepa” maydonida o'tkazilayotgan uchrashuvlarni musobaqa tashkilotchilaridan biri – “Lokomotiv” futbol klubi vakillari ham bevosita stadiondan kuzatib borishdi. Futbolchilar – Kaxi Maxaradze, Mamur Ikromov, Sherzod Fayziev hamda klub hodimlari – Baxtiyor Ismoilov, Ulug'bek Usmonxo'jaev, Mamur Mamadaliev hamda Sunnat Ro'ziev “Hamdo'stlik Kubogi” turniri o'yinlarini bevosita stadiondan kuzatib, yosh futbolchilarning harakatlariga baho berishdi.

Takidlash joizki, “Lokomotiv” PFK “Hamdo'stlik Kubogi” turniri ishtirokchilari uchun maxsus sovg'a hozirlamoqda. Bu haqda yaqinda batafsil ma'lumot beramiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz