“Lokomotiv” Eronga 19 futbolchi bilan yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
12 mar 2017, 11:58
Xabaringiz bor, “Lokomotiv” jamoasi ertaga Osiyo Chempionlar Ligasi 3-tur uchrashuvlari doirasida Eronning “Istiqlol” jamoasi mehmoni bo'ladi.

Bugun tongda “Temiryo'lchilar” jamoasi Tehronga charter reys bilan uchib ketdi. Jamoamiz ushbu uchrashuvga 19 nafar futbolchi bilan yo'l oldi.

“Lokomotiv”ning Eronga yo'l olgan futbolchilari:

Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov, Mamur Ikromov

Himoyachilar: Sherzod Fayziev, Muhammad Kone, Salim Mustafoev, Boburbek Yo'ldoshev, Islom To'xtaxo'jaev, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev

Yarim himoyachilar: Temur Kapadze, Quvondiq Ro'ziev, Jaloliddin Masharipov, Salamat Qutiboev, Sardor Mirzaev, Marat Bikmaev, Sadriddin Abdullaev, Kaxi Maxaradze

Hujumchilar: Nore Krizo, Murod Bobojonov

Takidlash joiz, bugun o'yinoldi rasmiy mashg'ulot hamda murabbiylar ishtorkida matbuot anjumani tashkil etiladi. Uchrashuv esa ertaga bizning vaqt bilan soat 20:30da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz