“Lokomotiv” bugun BAAga yo'l oladi

Narzulla Saydullayev
1 apr 2018, 11:19
Kelayotgan haftaning boshida qitamiz yashil maydonlarida Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining navbatdagi tur bellashuvlari bo'lib o'tadi.

Ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz shanini himoya qilayotgan ikki jamoadan biri – “Lokomotiv” 3 aprel kuni Abu Dabida “Al Vahda” jamoasi mehmoni bo'ladi.   Bugun erta tongda “Lokomotiv” futbolchilari BAAga yo'l olishadi.  Jamoa Abu Dabidagi “Hyatt Capital Gate” mehmonxonasiga borib joylashadi.

Murabbiylar shtabi mazkur safarga 20 nafar futbolchi olib ketishni lozim topishdi.

“Lokomotiv”ning BAAga yo'l oladigan tarkibi:  

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov, Mamur Ikromov.

Himoyachilar: Boburbek Yuldashov, Islom To'xtaxo'jaev, Shuxrat Muhammadiev, Oleg Zoteev.

Yarim himoyachilar: Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev, Sherzod Karimov, Ikromjon Aliboev, Sardor Mirzaev, Sanjar Shoahmedov, Sardor Rashidov, Diyor Turopov, Igor Yelich.

Hujumchilar: Nivaldo, Marat Bikmaev, Aziz Amonov, Husniddin G'ofurov, Cho Suk Jae.

Ta'kidlab o'tamiz, “Al Vahda” – “Lokomotiv” uchrashuvi 3 aprel kuni Abu Dabidagi “Zayed Sports City Stadium” o'yingohida bo'lib o'tadi. Uchrashuv bizning vaqtimiz bilan soat 20:10da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz