"Lokomotiv" "Al Vahda" bilan o'yinni qizil-yashil-yashil libosda o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
11 fev 2018, 19:09
Ertaga, 12 fevral kuni Osiyo Chempionlar Ligasi 1-tur uchrashuvlari doirasida "Lokomotiv" BAAning "Al Vahda" klubiga qarshi bahs yuritadi.

Bugun mazkur o'yin oldidan rasmiy tadbirlar bo'lib o'tdi. Jumladan, "Lokomotiv" hamda "Al Vahda" klublari rasmiylari ishtirokida tashkil etilgan mitingda jamoalar ertangi bahsni qanday libosda o'tkazishlariga aniqlik kiritildi.

"Lokomotiv" ertangi o'yinni qizil-yashil-yashil libosda o'tkazadi. "Temiryo'lchilar" darvozaboni esa qora-qora-qora rangli libosda maydonga chiqadi. Mehmonlar esa ko'k-ko'k-ko'k libosda o'ynaydi. "Al Vahda" darvozaboni maydonga oq-oq-oq rangdagi formada chiqadigan bo'ldi.

Takidlash joizki, "Lokomotiv" - "Al Vahda" uchrashuvi ertaga soat 16:00da "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz