Loftus-Chik "Milan" bilan shartnoma imzolash uchun yetib bordi, u 4 yillik kelishuvga erishishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
29 iyun 2023, 10:12
Ruben Loftus-Chik "Chelsi"dan "Milan"ga o'tmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng 4 yillik shartnoma imzolaydi. 

Londonliklar futbolchi uchun 15 million evro, shuningdek bonuslar sifatida qo'shimcha 5 million evro olishadi. 

Loftus-Chikning o'zi esa yiliga 4 million evro maosh oladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Calciomercato