Lochin Guldaev: "Andijon-2"ga tajriba yetishmasligi pand bermoqda”

Narzulla Saydullayev
29 may 2019, 13:12
Xabaringiz bo'lsa kerak, kecha V PRO-Ligasida 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda Andijonning “Andijon-2” jamoasi o'z maydonida Toshkentning “Yashnabod” jamoasini qabul qildi.

Qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan uchrashuvda mehmonlar irodali g'alabaga erishdi. E'tiborlisi bungacha g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan andijonliklar 2:0 hisobida g'alaba qozona turib, yakunda o'z darvozasidan 3ta to'p o'tkazib yuborib, alamli tarzda mag'lubiyatga uchradi. Bahs yakuniga etgach, “Andijon-2” bosh murabbiyi Lochin Guldaev saytimizga intervyu berdi.

- Qator mag'lubiyatlardan keyin bugun qanday bo'lmasin g'alaba qozonishimiz shart edi. Buni yigitlarning o'zlari ham yaxshi tushunib turgandi. O'yinni ko'tarinki ruhda boshladik. Ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etib, yakunda alamli tarzda mag'lub bo'ldik.



- Bilasiz “Andijon-2” jamoasi bu yil PRO-Ligada debyutant sanaladi. Tarkibdagi futbolchilar akademiya tarbiyalanuvchilaridan iborat. 2001-2002 yilda tug'ilgan yigitlarimiz katta futbolga endi-endi kirib kelmoqda. Shuning uchun ularga tajriba yetishmasligi pand berib kelayotir. Shunga qaramay ular o'zini ko'rsatishga urinmoqda. Asosiysi yoshlarda ishtiyoq kuchli.

- Turnir jadvalida egallab turgan o'rnimiz xavas qiladigan darajada bo'lmasada, bu narsa meni sira havotirga solayotgani yo'q. Jamoamizning maqsadi yuqori o'rinlarni band etish emas balki iqtidorli futbolchilarni katta futbolga ko'niktirib borish va bu orqali Superligadagi asosiy jamoamizga tayyorlab berishdan iboratdir.

- Yana qaytaraman, qo'l ostimdagi futbolchilar PRO-Ligada bu yildan o'ynashni boshladi. Shuning uchun ham natijalarimiz o'xshamayapti. Jamoaga ozgina vaqt kerak. Shogirdlarimga ishonaman, ular vaqti kelib Superligada ham yuqori saviyada o'ynab keta oladi.



- Yozgi transfer oynasi ochilganidan so'ng tarkibni kuchaytirishga e'tibor qaratamiz. Shunda ham selekciyani asosan akademiyamizda tahsil olgan yoshlardan qilib borishni o'ylab turibmiz. Bizga chetdan katta mablag'ga kelib o'ynab ketadigan futbolchilar kerak emas. Bu yil bir amallab ligada o'z o'rnimizni saqlab qolsak, kelasi mavsumdan xarakatlarimiz o'z mahsulini berishni boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia