Lochin Dolimov: “Yo'qotishlarga qaramay “UzDongJu”ni mag'lub etmoqchimiz”

Narzulla Saydullayev
28 apr 2016, 12:25
O'zbekiston birinchiligi 6-turidan o'rin olgan “UzDongJu” - “Xotira-79” baxsi oldidan “Xotira-79”jamoasi darvozaboni Lochin Dolimovning fikrlari bilan qiziqdik:

"UzDongJu” jamoasiga qarshi yaxshi  kayfiyatda tayyorgarlik ko'rib kelyapmiz bilasiz o'tgan turda “Norin” jamoasini safarda mag'lub etib qaytdik bugungi bahsda ham yutmasak bo'lmaydi. Chunki oldinda o'z maydonimizda masuliyatli o'yinlar turibdi ”Xorazm”va “Orol”ga qarshi bu jamoalar ham yaxshi tarkibga ega shuning uchun maqsadimiz bugungi baxsda g'alaba qozonib o'z maydonimizdagi o'yinlarda yaxshi kayfiyatda maydonga tushish.

Tarkibda yo'qotishlar bor markaziy himoyachimiz Maqsud Hayitov va tajribali yarim himoyachimiz Shuhrat Hamidovlar diskvalifikaciya tufayli bugungi bahsni o'tkazib yuborishadi lekin bu yo'qotishlarga qaramay bugungi bahsda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz”, – deb so'zini yakunladi Dolimov.

“UzDongJu” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia