"Liverpul" yarim himoyachi Karvalo uchun "Fulxem"ga 6 million funt taklif qildi

Alisher
31 yanv 2022, 17:38
"Liverpul" "Fulxem" yarim himoyachisi Fabio Karvaloni xarid qilmoqchi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "Liverpul" 19 yoshli angliyalik uchun 6 million funt taklif qildi. London klubi bilan muzokaralar yakunlanish bosqichida.

Shu bilan birga "Fulxem" Mersisayd klubi yarim himoyachini mavsum so'nggiga qadar ijarada qoldirishini xohlamoqda.

Karvalo joriy mavsum "Fulxem" tarkibida 19ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 4ta assist qayd etdi. Xavbekning London klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano