"Liverpul" vs "Arsenal". Qaysi jamoa ko'proq g'alaba qozongan?

Aslanov Jasurbek
29 dek 2018, 15:22
Bugun, 29 dekabr kuni Angliya Premer-ligasining 20-tur uchrashuvida "Liverpul" "Enfild"da "Arsenal"ni qabul qiladi.

Ushbu bahs bu ikki jamoaning Premer-liga doirasida o'tkazgan o'zaro 54-o'yini bo'ladi. Hozirgacha Angliya chempionati doirasida o'tkazilgan 53ta bahsning 15tasida "Arsenal"ning qo'li baland kelgan. Biroq g'alabalar soni "Liverpul"da ko'proq. Ular 19 marta "to'pchilar"ni xafa qilishgan.

"Liverpul" hamda "Arsenal"ning Premer-liga doirasida o'tkazgan o'zaro o'yinlari statistikasi
"Liverpul"Statistika"Arsenal"
53Umumiy bahslar soni53
19G'alaba15
19Durang19
15Mag'lubiyat19


Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi bahs 2018 yil 3 noyabr kuni bo'lib o'tgan. "Emireyts"dagi o'yinda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan edi.

"Arsenal" – "Liverpul" 1:1
"Emireyts"
Gollar: 0:1 – 61 Milner, 1:1 – 82 Lyakazett.
"Arsenal": Leno, Xolding, Kolashinac (Uelbek, 81), Belerin, Mustafi, Mxitaryan (Ivobi, 68), Djaka, Torreyra, Ozil, Obameyang (Remzi, 73), Lyakazett.
"Liverpul": Alisson, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Milner, Fabino, Veynaldum, Mane, Salax (Matip, 90), Firmino (Shakiri, 80).
Ogohlantirishlar: Fabino (52), Lyakazett (83).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia