"Liverpul" va "Leyptsig" o'rtasidagi CHL o'yini Budapeshtda o'tishi mumkin

Alisher
5 fev 2021
"Leyptsig" va "Liverpul" jamoalari ishtirokidagi CHL 1/8 final dastlabki o'yini Vengriyada o'tkazilishi mumkin.

"Pushkash Arena" "Leyptsig" agar boshqa stadion topa olmagan taqdirda UEFAning zaxira varianti hisoblanadi.

Bunga sabab Germaniyaning Buyuk Britaniya bilan 17 fevralga qadar koronavirusning yangi shtammi tufayli aviaqatnovlarni to'xtatgani bo'lmoqda.

Agar "Liverpul" Germaniyaga kela olmasa, "Leyptsig"ga texnik mag'lubiyat yoziladi (0:3).

"RB Leyptsig"  - "Liverpul" o'yini 16 fevralga belgilangan.


AlisherMuallif
Manba: The Times