"Liverpul" va "Chelsi" "Vulverxempton" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2023, 11:38
APL top-klublari portugaliyalik futbolchini kuzatib bormoqda.

"Chelsi" va "Liverpul" yozda "bo'rilar" yarim himoyachisi Mateus Nunesni sotib olmoqchi. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar bermoqda.

Portugaliyalik futbolchi 2022 yilning yozida 43 million evro evaziga "bo'rilar" safiga qo'shilgan va joriy mavsum yakunlanganidan keyin 49 million evroga sotilishi kutilmoqda. Mersisaydliklar so'nggi transfer oynasida futbolchiga davo qilgan, ammo kelishuvni yakunlay olmagandi.

24 yoshli yarim himoyachining "Vulverxempton" bilan kelishuvi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.

Nunes joriy mavsumda barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph