"Liverpul" "Sporting" himoyachisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
23 dek 2023, 13:55
Hozirda "Sporting" sharafini himoya qilayotgan Gonsalu Inasiu qishki transfer oynasidayoq Tumanli Albionda o'ynashga yaqin turibdi.

"Liverpul" 24 yoshli almadalik futbolchiga qiziqayotgan klublardan biri, ammo uni qo'lga kiritishning yagona yo'li "Sporting"ga u uchun belgilagan tovon puli – 60 million evroni to'lash, deydi Fabricio Romano.

Avvalroq himoyachi xizmatlariga "Arsenal" ham qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Inasiu ushbu mavsum Portugaliya chempionatida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta sariq va 1 ta qizil kartochka olgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano