"Liverpul" Savichga qiziqish bildirmoqda

Оқил Абдубарноев
10 fev 2023, 21:27
"Liverpul" yozda tarkibni qayta qurishni rejalashtirmoqda.

Mersisaydliklar "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football News Italy muxbiri Stiv Key xabar berdi.

"Liverpul" Milinkovich-Savich atrofidagi odamlar bilan gaplashayotganini yaxshi bilaman, chunki ular yozda yarim himoyani yangilashlari kerak", - deydi jurnalist.

Sergey Milinkovich-Savichning amaldagi shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Agar "Lacio" 27 yoshli serbiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olmasa, yozda futbolchini sotish klub uchun foydali bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football News Italy