

"Liverpul" klubi "Sautgempton" tayanch yarim himoyachisi Romeo Lavia bo'yicha muzokaralar o'tkazmoqda. Futbolchini "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning shaxsan o'zi jamoada ko'rmoqchi. Hozirda jamoalar jiddiy tarzda ushbu jarayonga kirishganlar. "Liverpul" hozircha Lavianing o'zi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishganicha yo'q. Ushbu transferning narxi taxminan 50 mln funt atrofida bo'ladi.
Ma'lumot uchun, 19 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsum APLda 29 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol urishga erishdi.



