"Liverpul" sardori YCHLga chiqqanidan keyin nimalar dedi?

Tolibjon Qosimov
24 avg 2017, 10:52
"Liverpul" sardori Jordan Xenderson jamoaning Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqqani haqida gapirib o'tdi.

Ingliz klubi Germaniyaning "Xoffenxaym" jamoasini har ikki o'yin (2:1, 4:2)da ham mag'lub etdi.

"Bu ajoyib kecha bo'ldi. Chempionlar ligasiga qaytganimizdan juda xursandsiz. Ha, biz ikkita to'p o'tkazib yubordik, demak ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor. Shu bilan birga, "Liverpul" katta klublar bilan tengma-teng o'ynay olishiga ishonaman", - dedi Xenderson.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ВВС