Liverpul Richards uchun 7 million funt sarflamoqchi

Narzulla Saydullayev
4 may 2014, 15:18
Manchester Siti himoyachisi Mika Richards faoliyatini Liverpulda davom ettirishi mumkin.
The Mirror nashrining xabariga ko'ra, qizillar bosh murabbiyi Brendan Rodjers angliyalik futbolchini himoyani kuchaytirishga ishonmoqda.

Richards Liverpulga 7 million funt sterlingga tushishi mumkin. Futbolchi Manchester Sitida kam maydonga tushyotgani tufayli boshqa klubga o'tishga tayyor. Bu mavsumda Richards APLja atiga 2ta o'yinda maydonga tushdi.

Unga Tottenxem va Milan kabi klublar ham qiziqish bildirishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru