"Liverpul" Nunes uchun kurashda "Manchester Yunayted"ni mag'lub etishiga ishonmoqda

Alisher
9 iyun 2022, 18:01
"Liverpul" "Benfika" hujumchisi Darvin Nunesning transferini muvaffaqiyatli amalga oshirishga ishonchi komil.

"Manchester Yunayted" ham 22 yoshli urugvaylik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi, ammo Mersisayd klubi raqobatda engishiga ishonmoqda.

Nunes o'tgan mavsum lissabonliklar safida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 34ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal