"Liverpul" "Napoli" xavbekiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2024
Mashhur futbolchi Angliya Premer-ligasiga o'tishi mumkin.

"Napoli" yarim himoyachisi Stanislav Lobotka Evro-2024'da Slovakiya terma jamoasi safida ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Xavbek 29 yoshida o'zining eng yuqori cho'qqisida ekanligini ko'rsatmoqda, bu esa top-klublar, jumladan, "Liverpul"ning qiziqishini uyg'otdi va uni imzolashni ustuvor vazifa deb hisoblanmoqda. 

Yarim himoyachining transfer narxi 40 million evrodan oshib kyetishi mumkin. 

Lobotka – "Napoli"ning asosiy o'yinchilaridan biri. Uning Yevropa chempionatidagi o'yinlari musobaqadagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri ekanligini tasdiqladi.

"Liverpul"ning Lobotkaga qiziqishi nafaqat uning Yevropa chempionatidagi o'yinlari, balki A Seriyadagi barqarorligi bilan ham izohlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Liverpool Echo