"Liverpul", MYU va "Arsenal" Grizmanni kuzatmoqda. U Messi va Koutino sabab "Barsa"dan ketishi mumkin

Alisher
7 sen 2020, 11:00
"Barselona" forvardi Antuan Grizmann "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Angliya klublari "ko'k-anorranglilar" tarkibidan ketishi mumkin bo'lgan 29 yoshli fransiyalik futbolchining vaziyatini kuzatishmoqda.

"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman Grizmannga Lionel Messi ketgan taqdirda yetakchilik rolini vada qilgan edi. Ammo, Messi "Kamp Nou"da qoldi va Kumanning rejalari ham o'zgardi.

Shuningdek Filippe Koutino ham "Bavariya"dan qaytdi. Kuman unga ishonch bildiradi va klub uni ijaraga berib yubormaydi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu Grizmanni "Atletiko" bilan Joau Feliksga almashishga uringani haqida xabarlar yangragan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: dailymail.co.uk