"Liverpul" muxlislari uchun xushxabar: Alisson tuzaldi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2025
"Liverpul" asosiy darvozaboni Alisson Bekker jarohatidan tiklandi.

Jurnalist Lyuis Stilning so'zlariga ko'ra, "qizillar" posboni keyingi o'yinda maydonga qaytishi kutilmoqda, bu Arne Slot jamoasi uchun jiddiy kuchayish bo'ladi.

Mersisayd jamoasi Alissonsiz qiyinchiliklarga duch keldi va braziliyalik futbolchining yo'qligida 8 o'yindan 5 tasida mag'lubiyatga uchradi.

Alisson sentyabr oyi oxirida Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasiga qarshi Chempionlar Ligasi o'yinida jarohat olgandi. Ushbu jarohatdan oldin braziliyalik o'yinchi "Liverul" tarkibida 9 o'yindan 2 tasini "quruq" o'tkazgan edi.

"Liverpul"ning keyingi o'yini 22 noyabr, shanba kuni bo'lib o'tadi. Unda "qizillar" "Enfild"da "Nottingem Forest"ni qabul qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC