Liverpul meri Barklining transferi borasida policiyaga murojaat qildi

Aslanov Jasurbek
10 yanv 2018, 15:18
Liverpul shahri meri Jo Anderson Ross Barklining "Everton"dan "Chelsi"ga o'tishini o'rganib chiqish uchun policiya va APLga murojaat qildi.

24 yoshli futbolchi 15 mln. funt evaziga ko'klar safiga o'tdi va Anderson bu mablag'ni kamaytirilgan deb hisoblamoqda.

"Bu "Everton" uchun yomon kelishuv. Futbolchi, agent va uni xarid qiladigan klub foydada bo'lishi uchun atayin narxni pasaytirishgan bo'lishi mumkin. Transfyerdan havotirdaman va policiya ushbu ishda firibgarlik bor-yo'qligini aniqlashini xohlayman" - deydi Anderson.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Guardian