
"Liverpul" "Monako" vice-prezidenti Vadim Vasilev bilan muzokaralarni boshlamoqchi.
Oldinroq OAVda 21 yoshli futbolchiga "Arsenal" ham qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi. Biroq Fransiya klubi Lemarni 50 mln. evroga sotishni istamagan edi.
O'tgan mavsum xavbek Fransiya chempionatining 34 ta uchrashuvida maydonga tushib, 10 ta golli pas berdi. "Monako" va futbolchi o'rtasidagi shartnoma 2020 yilning yozigacha amal qiladi.