“Liverpul” Lallanani o'rniga Markovichni olishi mumkin

Tolibjon Qosimov
5 iyun 2014, 13:17
“Liverpul” “Sautgempton” futbolchisi Adam Lallanadan voz kechib, o'rniga “Benfika”dan Lazar Markovichni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
“Qizillar” Lallana uchun 20 million funt taklif qilmoqda, lekin “Sautgempton” klubi ko'proq pul talab qilyapti. Buning sababi transfer summasining bir qismini “Sautgempton” “Bornmut” klubi hisobiga o'tkazib berishi kerak.

“Sautgempton” rahbariyati o'z fikridan qaytmasa liverpulliklar futbolchidan voz kechishi mumkin.

“Benfika” Markovich orqali 30 million funt ishlab olmoqchi, lekin futbolchini 25 millionga ham sotishi mumkin.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru