"Liverpul" Keytani sobiq xavbeki Veynaldumga almashishi mumkin

Sherzod Nurmatov
7 iyul 2022, 00:49
"Liverpul" va "PSJ" futbolchilarni almashishi mumkin.

Angliyaliklar Veynaldumni qaytarish niyatida.

"Liverpool Echo" xabariga ko'ra, "Liverpul" yarim himoyachi Nabi Keytani o'tgan yozda jamoani tekinga tark etgan PSJ futbolchisi Jorjino Veynaldumga almashtirmoqchi.

Manbaning aytishicha, Veynaldum "Liverpul"ni tark etganidan chuqur afsusda va Yurgen Klopp jamoasiga qaytish imkoniyatidan mamnun bo'ladi. O'z navbatida, Nabi Keyta uzoq vaqtdan beri PSJ qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.

Veynaldum o'tgan mavsumda PSJ safida barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Liverpool Echo