"Liverpul" "Inter" xavbeki uchun 40 million funt tayyorlab qo'ydi

Alisher
17 avg 2020, 12:14
"Liverpul" "Inter" yarim himoyachisi Marcelo Brozovichni nishonga oldi.

"Qizillar" markaziy chiziq uchun o'yinchi izlashmoqda, klub shu sabab 27 yoshli xorvatiyalik futbolchiga e'tibor qaratgan. "Liverpul" ehtimoliy transfer bo'yicha "neradzurrilar" bilan aloqaga chiqqan.

Xabarlarga ko'ra, mersisaydliklar o'yinchi uchun 40 million funt to'lashga tayyorlar.

Brozovich joriy mavsum A Seriya doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sunday Mirror