"Liverpul" ikki vinger bilan shartnoma imzolamoqchi

Оқил Абдубарноев
27 dek 2021, 00:44
"Liverpul" yanvar oyida transfer bozoriga kirishni rejalashtirmagan bo'lsa-da, yozgi rejalarni tuzmoqda.

Mahalliy nashrning xabariga ko'ra, selekciya xizmatining asosiy vazifalaridan biri jamoaga yangi vingerlarni topish hisoblanadi.

Natijada mersisaydliklar ikkita nomzodni aniqladilar. Ulardan biri "Vest Xem" yetakchisi Jarrod Bouen bo'lsa, yana bir variant "Lids"dan braziliyalik Rafinya Dias hisoblanadi, uning uchun "Bavariya" bilan kurashishga to'g'ri keladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Liverpul"ning "Vilyarreal" yarim himoyachisi Arno Danjumga qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Liverpool Echo