

"Qizillar" "Monako"dan himoyachi Fabinoni sotib olganidan so'ng, Fransiya chempionatida o'ynaydigan yana ikki futbolchi bilan shartnoma tuzmoqchi. "Liverpul"ning ayni damdagi asosiy maqsadi "Lion" yarim himoyachisi Nabil Fekir va "Monako" xavbeki Toma Lemar. Bu ikki futbolchining umumiy transfer narxi 173 mln. evro (Fekir - 70 mln. evro, Lemar - 103 mln. evro).
24 yoshli Fekir Fransiya chempionatining so'nggi mavsumida 30ta uchrashuvda 18ta gol urdi. Lemar esa shuncha bahsda ishtirok etib, 2 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan.



