"Liverpul" himoyachisini "Brentford"ga sotishdan 25 mln funt foyda qildi

Sherzod Nurmatov
23 avg 2024, 15:35
"Liverpul" himoyachisi Sepp van den Berg Londonning "Brentford" jamoasiga o'tdi, deya xabar bermoqda "asalarilar" klubi matbuot xizmati.


Xabar qilinishicha, 22 yoshli Van den Berg "Brentford" bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. "Liverpul" niderlandiyalik himoyachining transferi uchun "asalarilar"dan 25 mln funt olgan.

Sepp van den Berg o'tgan mavsumni ijara asosida Germaniyaning "Maync" jamoasida o'tkazgan va u yerda 35 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: brentfordfc.com