"Liverpul" Enco Fernandes uchun 100 million evro taklif qildi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2022, 14:40
Ammo "Benfika" rad javobini berib, tovon puli talab qildi.

"Liverpul" "Benfika"dan Enco Fernandesni sotib olmoqchi.

Portugaliyalik jurnalist Pedru Almeyda xabariga ko'ra, ingliz klubi 21 yoshli markaziy yarim himoyachi uchun taxminan 100 million evro taklif qilgan, biroq "Benfika" rad javobini bergan.

Lissabon klubi "Liverpul"ga Fernandesni shartnomasida ko'rsatilgan tovon pulini to'lagan taqdirdagina qo'yib yuborishini aytdi.

Avvalroq Enconing tovon puli 120 million evroni tashkil qilgani xabar qilingandi. "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublari shuncha pulni to'lashga tayyorligi haqida ma'lumotlar chiqqandi.

Eslatib o'tamiz, Fernandes JCH-2022da eng yaxshi yosh futbolchi sifatida tan olingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/pedrogva6