"Liverpul" asosiy futbolchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda

Sherzod Nurmatov
18 may 2023, 16:03
"Liverpul" himoyachi Trent Aleksander-Arnold bilan kelishuvni uzaytirmoqchi.

Ma'lum qilinishicha, tomonlar allaqachon muzokaralarni boshlagan. Futbolchining klub bilan amaldagi bitimi 2025 yilgacha mo'ljallangan. 

Futbolchi joriy mavsum APL 35 ta o'yinida 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Oldinroq "Liverpul"ni 4 nafar futbolchi tark etishi ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com