"Liverpul" – "Arsenal". Uilshir o'yingacha tiklanishi mumkin

Tolibjon Qosimov
4 fev 2014, 16:08
"Arsenal" yarim himoyachisi Jek Uilshir premer-liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Liverpul"ga qarshi bahsga qadar tiklanishi mumkin.
"Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda jarohat olgan yarim himoyachilar Aleks Oksleyd-Chemberlen va Mikel Arteta ham "Liverpul" bilan o'yinda ishtirok eta olishadi.

Chorshanba kuni uchala futbolchi umumiy guruhga qaytadi.

Eslatib o'tamiz, "Enfild"dagi bahsda jarohat olgan Aaron Remzi, Kim Chelstrem va Abu Diabi, hamda diskvalifikaciya qilingan Mate Flamini qatnasha olmaydi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru