"Liverpul" Alonsoga necha yillik shartnoma taklif qilgani ma'lum

Khoja
1 mar 2024, 10:32
"Liverpul" rahbariyati Xabi Alonsoga taklif yubordi.

Ingliz jamoasi murabbiyga uch yillik shartnoma taklif qildi. Bu haqida TEAMtalk ma'lum qildi.

Alonso yozda jamoani tark etadigan Yurgen Kloppni o'rniga kelishga asosiy da'vogar hisoblanadi. 

Eslatib o'tamiz, Alonso 2022 yilda "Bayer"ni qabul qilib olgandi. Joriy mavsum nemis jamoasi Bundesligada 61 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: TEAMtalk