"Liverpul" Alaba bilan qishda shartnoma imzolamoqchi, futbolchining o'zi esa "Barselona" yoki "Real"ga o'tishni afzal ko'rmoqda

Alisher
13 noya 2020, 18:27
"Bavariya" futbolchisi David Alaba qishki transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Avstriyalik futbolchiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar Alaba uchun qishki transferlar oynasida katta pul to'lashga tayyor bo'lgan yagona klubdir.

Davidning o'zi esa mavsumni "Bavariya"da yakunlab, keyin Ispaniya chempionatiga, aniqrog'i "Barselona" yoki "Real" sharafini himoya qilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Alabaning Myunxen klubi bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsumning so'nggida yakuniga etadi, tomonlar anchadan buyon yangi bitim borasida kelisha olishmayapti.

28 yoshli himoyachi 2010 yilning iyulidan beri "Bavariya"da o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Express