"Liverpul" 6 futbolchisini sotib yubormoqchi

Mirjalol Normatov
8 fev 2021, 22:18
"Liverpul" rahbariyati yozgi transferlar oynasi vaqtida 6 nafar futbolchisini sotib yubormoqchi.

"The Athletic"ning yozishicha, ularning orasida darvozabon Adrian, yarim himoyachilar Marko Gruich va Aleks Oksleyd-Chemberlen kabi futbolchilar ham bor. Ularning transferidan tushgan pullar esa yangi futbolchilarga sarflanadi.

Ushbu mavsumda "Liverpul" APLning 4-pog'onasida qayd etilgan, jamoa YCHL 1/8 finalida esa "RB Leyptsig" bilan bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic