La Liga. "Real Madrid" mehmonda "Betis"ga mag'lub bo'ldi

5 sen 2026, 02:05
LaLiganing 4-turi doirasidagi uchrashuv yakunlandi.

"Betis" - "Real Madrid" 1:0

Gollar: 81 - Troy Perrott

“Betis”: 1. Alvaro Vales, 2. Ektor Belerin, 4. Natan, 11. Fran Garsiya, 3. Diego Lorente (5. Mark Bartra, 39’), 21. Mark Roka, 8. Pablo Fornals, 6. Fakundo Bernal (18. Nelson Deossa, 68’), 22. Isko (15. Alvaro Fidalgo, 60’), 7. Antoni (17. Rodrigo Rikelme, 77’), 9. Kucho Ernandes (19. Troy Perrott, 68’).

Zaxira: 31. Manu Gonsales, 12. Anxel Ortis, 16. Valentin Gomes, 23. Xunior Firpo, 14. Iker Losada, 27. Xose Antonio Morante, 40. Alvaro de Pablo.

“Real Madrid”: 1. Tibo Kurtua, 4. Din Xyoysen, 17. Mark Kukurelya (18. Alvaro Karreras, 88’), 24. Denzel Dyumfris (12. Trent Aleksander-Arnold, 64’), 16. Ibraima Konate, 8. Federiko Valverde (19. Karlos Espi, 82’), 5. Jud Bellingem, 7. Vinisius Junior, 15. Arda Gyuler (25. Yan Diomande, 64’), 6. Eduardu Kamavinga (20. Bernardu Silva, 64’), 10. Kilian Mbappe.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 31. Xaver Navarro, 22. Antonio Ryudiger, 33. Mario Rivas, 29. Xorxe Sestero, 38. Serxio Martines, 21. Braim Dias.

Ogohlantirishlar: 45+3 - Arda Gyuler, 55 - Ibraima Konate, 55 - Joze Mourinyo (“Real” bosh murabbiyi, maydon chetida), 61 - Eduardu Kamavinga, 64 - Fakundo Bernal, 90+3 - Natan, Vinisius Junior (o'yin yakunlangandan so'ng)

90+9. O'yin yakunlandi.

90+7. Espining bosh bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi!

90+6. Barchasi joyida, penalti qayta tepilmaydi, o'yin davom etadi.

90+5. Bu holat ham VARda ko'rilmoqda, penalti qaytadan tepilishi mumkin.

gettyimages-2293564358-2048x2048.jpg

90+4. Mbappe penaltidan gol ura olmadi…

90+3. Penalti! “Betis” darvozasi tomon! Vinisiusga nisbatan Natan qo'pollik ishlatdi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. Stop, offsayd! Gol bekor qilindi. Espi avvalroq voqealar rivojidan ilgarilab ketgan ekan.

88. Hisob tenglashdi, endi yonadi o'yin!

gettyimages-2293563569-2048x2048.jpg

87. GOL! Espidan supergol! Vinisiusning uzatmasini Karlos akrobatik uslubda darvozaga joylab qo'ydi!

85. Mbappening zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytmoqda…

82. “Real” uchun vazifa murakkablashdi!

gettyimages-2293563246-2048x2048.jpg

81. GOL! Perrot hisobni ochdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Bartra bosh bilan darvozaga yo'lladi, Kurtua qaytardi, so'ng to'pga Troy zarba berdi va bu golg aylandi!

74. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

73. Perrotning uzoqdan yo'llagan o'ta xavfli zarbasi biroz noaniq ketdi.

71. Bellingemdan uzatma aralash zarba bo'ldi, raqib posboni mushti bilan to'pni urib yubordi.

68. Mbappe juda qulay vaziyatdan darvozaga zarba berdi, ammo darvozabon qaytardi!

64. Madridliklar biryo'la uchta o'zgarishni tayyorlamoqda…

59. Kuchoning uzatma aralash zarbasidan so'ng to'p Kurtuaga borib tushdi.

56. “Real” ikkinchi bo'limda hozircha aytarli vaziyat yarata olmadi. O'zgarishlar bo'larmikin?

52. Antonining uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

45+7. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45+5. Xyoysenning bosh bilan bergan zarbasi birozgina noaniq ketdi…

45+4. Bo'lim oxirida madyon egalari anchagina faollik ko'rsatmoqda.

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

45. Judning xafvfzini zarbastdagi raqib posboni faol harakat qilib, qaytaprdi…

37. Diego Lorente jarohat oldi, ko'p ehtimol almashtirilsa kerak.

33. Vini to'pga biroz eta olmadi va natijada uni raqib posbon uo'lab oldi.

29. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

24. Mbappe himoyachilarni aldab o'tib, darvoza tomon zarba berdi, ammo yaxshi “blok” qo'yildi raqib futbolchilaridan.

21. Kuchodan xavfli zarba!!! Ammo to'p darvozaning yonginasidan o'tib ketdi…

18. Antonidan navbatdagi zarba, bu safar to'p rekoshetga uchradi va Kurtau qaytardi uni!

15. Arda juda qulay vaziyatga chiqib borib to'pni chapga - Viniga berdi, ammo uning zarbasi to'singa tegib, maydonni tark etdi…

11. Gyulerning uzatmasidan so'ng to'pni Xyoysen darvozaga yo'lladi, Valesdan seyv!

8. Vinisiusdan antiqa zarba ko'rdik, ammo noaniq bo'ldi.

8. Antonining uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p Kurtuaga bordi, darvozabon ushlab oldi.

4. Yana to'p bilan muammo, madridliklar etiroz bildirdi. Bosh hakam to'pni almashtirdi.

3. “Real” ilk daqiqalardan faol, Viniga qarshi Belerin fol ishlatdi.

1. Ilk daqiqadanoq to'p bilan muammo yuzaga keldi. Aftidan uning bosimi past.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni LaLiganing 4-turi doirasidagi "Betis" - "Real Madrid" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia