Lippi yanvar oyida Xitoy terma jamoasini tark etadi

Aslanov Jasurbek
1 noya 2018, 17:04
Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi keyingi yilning yanvar oyida o'z vazifasini tark etishi haqida e'lon qildi.

"Bu yerda 6 yil ishladim. Osiyo Kubogidan so'ng jamoadagi faoliyatim yakunlanadi. Ertaga uchib ketaman. Federatsiya menga JCH-2022gacha yana 4,5 yillik shartnoma taklif qildi, ammo rad etdim.

Bir qancha vaqt uyda bo'lishni xohlayman. Batareyalarimni to'ldirib olishim kerak. Klubda ishlashni to'xtatdim, ammo Yevropa terma jamoalaridan biri yoki Amirliklarida ishlashni ko'rib chiqishim mumkin" - deydi Lippi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport