Lionel Messi nima uchun bugun o'yinni zaxirada boshladi?

Narzulla Saydullayev
13 noya 2021
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCH-2022 saralashi doirasidagi Urugvayga qarshi o'yindan (1:0) keyin Lionel Messi nima uchun asosiy tarkibda bo'lmaganiga izoh berdi.

- U PSJ safida bir nechta o'yinda maydonga tushmay, terma jamoaga kelgani uchun zaxirada qoldirishga qaror qildik. Leo ikkinchi taymda maydonga tushishi va Braziliya bilan bahsdan oldin ozgina bo'lsa ham o'yin amaliyotiga ega bo'lishini rejalashtirgandik, - deydi Skaloni TyC Sports nashriga. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: TyC Sports