Lionel Messi jarohati bois "Barselona" bilan AQSHga bormaydi

Alisher
5 avg 2019, 15:47
"Barselona" yetakchisi Lionel Messi jarohat oldi.

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi o'ng oyog'idan olgan jarohati sabab klubning AQSH safariga bora olmaydigan bo'ldi.

Qayd etish kerakki, 32 yoshli Messi dushanba kungi mashg'ulot davomida oyog'ida og'riq his qilgan.

Tekshiruvlardan so'ng u AQSHga boradigan tarkibga kiritilmadi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" AQSH safari davomida Italiyaning "Napoli" klubiga qarshi ikkita o'yin o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com