Lionel Messi: Eng yaxshi futbolchi sovrini kerak emas

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2014, 15:28
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi sovrini haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Menga mundialning eng yaxshi futbolchi sovrini kerak emas, Jahon chempioni bo'lmoqchiman. Boshqa variantlar bo'lishi mumkin emas.

Futbolchi uchun Jahon chempionligidan kattaroq yutuq yo'q.

Buni yoshlikdan orzu qilaman. Bu orzu amalga oshishi uchun bor kuchimizni ishga solamiz, – deydi Messi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru